وَعَن أبي مُوسَى قَالَ قَامَ فِينَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِخَمْسِ كَلِمَاتٍ فَقَالَ: «إِنَّ اللَّهَ عز وَجل لَا يَنَامُ وَلَا يَنْبَغِي لَهُ أَنْ يَنَامَ يَخْفِضُ الْقِسْطَ وَيَرْفَعُهُ يُرْفَعُ إِلَيْهِ عَمَلُ اللَّيْلِ قَبْلَ عَمَلِ النَّهَارِ وَعَمَلُ النَّهَارِ قَبْلَ عَمَلِ اللَّيْل حجابه النُّور» . رَوَاهُ مُسلم
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bizning oramizda turib, besh kalima (gap) aytdilar. (Paygʻambar): «Albatta Alloh azza va jalla uxlamaydi va Unga uxlash loyiq (munosib) ham emas. U adolat (tarozisi)ni pasaytiradi va koʻtaradi. Unga kechaning amali kunduzning amalidan oldin, kunduzning amali esa kechaning amalidan oldin koʻtariladi. Uning hijobi (pardasi) — Nurdir — Abu Bakrning rivoyatida: ‹oʻt (olov)dir› —; agar uni ochsa, yuzining nurlari koʻzi yetgan (joygacha) boʻlgan maxluqotini yondirib yuborardi», dedilar.