وَعَنِ الْبَرَاءِ بْنِ عَازِبٍ قَالَ: اعْتَمَرَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي ذِي الْقَعْدَةِ قَبْلَ أَنْ يَحُجَّ مَرَّتَيْنِ ". رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ
Abu Ishoq (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Masruq, Ato va Mujohiddan (Allohning Rasuli ﷺ ning umrasi haqida) soʻradim. Ular: «Allohning Rasuli ﷺ haj qilishdan oldin Zulqaʼdada umra qilgan edilar», — dedi. Men Baro ibn Ozibning shunday deganini eshitdim: «Allohning Rasuli ﷺ haj qilishdan oldin Zulqaʼdada ikki marta umra qilgan edilar».