وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّ اللَّهَ كَتَبَ عَلَيْكُمُ الْحَجَّ» . فَقَامَ الْأَقْرَعُ بْنُ حَابِسٍ فَقَالَ: أَفِي كُلِّ عَامٍ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ قَالَ: " لَوْ قُلْتُهَا: نَعَمْ لَوَجَبَتْ وَلَوْ وَجَبَتْ لَمْ تَعْمَلُوا بِهَا وَلَمْ تَسْتَطِيعُوا وَالْحَجُّ مَرَّةٌ فَمَنْ زَادَ فَتَطَوُّعٌ ". رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالنَّسَائِيّ والدارمي
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytadi: Rasululloh ﷺ: «Ey insonlar, albatta, Alloh pokdir va faqat pok narsanigina qabul qiladi. Albatta, Alloh moʻminlarga paygʻambarlarga buyurgan narsasini buyurib: {Ey paygʻambarlar, pok narsalardan yenglar va solih amal qilinglar. Albatta, Men nima qilayotganingizni bilguvchiman} (Moʻʼminun 51) dedi va: {Ey iymon keltirganlar, sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizning pokidan yenglar} (Baqara 172) dedi», dedilar. Soʻng u zot uzoq safar qiladigan, sochi toʻzigan, changga belangan, qoʻllarini osmonga choʻzib: ‹Ey Robbim, ey Robbim!› deydigan, taomi harom, ichimligi harom, kiyimi harom va harom bilan oziqlangan kishini zikr qilib: «Bunga qanday ijobat etiladi?!» dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Biz uni faqat Fuzayl ibn Marzuqning hadisidan bilamiz. Abu Hozim — ashjaʼiydir, ismi Salmon boʻlib, Azza al-Ashjaʼiyaning ozod qilingan qulidir.