وَعَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " مَنْ مَلَكَ زَادًا وَرَاحِلَةً تُبَلِّغُهُ إِلَى بَيْتِ اللَّهِ وَلَمْ يَحُجَّ فَلَا عَلَيْهِ أَنْ يَمُوتَ يَهُودِيًّا أَوْ نَصْرَانِيًّا وَذَلِكَ أَنَّ اللَّهَ تَبَارَكَ وَتَعَالَى يَقُولُ: (وَلِلَّهِ عَلَى النَّاسِ حَجُّ الْبَيْتِ مَنِ اسْتَطَاعَ إِليهِ سَبِيلا) رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ. وَفِي إِسْنَادِهِ مَقَالٌ وَهِلَالُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ مَجْهُولٌ والْحَارث يضعف فِي الحَدِيث
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kimki Allohning Uyiga yetkazadigan ozuqa va ulovga ega boʻla turib haj qilmasa, uning yahudiy yoki nasroniy boʻlib oʻlishida (men uchun) farq yoʻqdir. Bu shuning uchunki, Alloh Oʻz Kitobida: {Yoʻlga qodir boʻlgan kishilar zimmasida Alloh uchun Baytni (Kaʼbani) haj qilish (farzdir)} (Oli Imron 97), deb aytadi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu gʻarib hadis boʻlib, biz uni faqat shu yoʻl bilangina bilamiz va uning isnodida (eʼtiroz) gap bor. Hilol ibn Abdulloh majhuldir, Horis esa hadisda zaif (sanaladi).