وَعَنْ خَلَّادِ بْنِ السَّائِبِ عَنْ أَبِيهِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ «أَتَانِي جِبْرِيلُ فَأَمَرَنِي أَنْ آمُرَ أَصْحَابِي أَنْ يرفَعوا أصواتَهم بالإِهْلالِ أَو التَّلبيَةِ» . رَوَاهُ مَالِكٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَالدَّارِمِيُّ
Xallod ibn as-Soyib (rahimahulloh) otasidan rivoyat qiladi: Rasululloh ﷺ: «Menga Jibril keldi va ashoblarimga ihlol hamda talbiya bilan ovozlarini koʻtarishni buyurishimni amr qildi», dedilar. Bu bobda Zayd ibn Xolid, Abu Hurayra va Ibn Abbosdan ham (hadislar bor). Abu Iso aytdi: Xallodning otasidan (rivoyat qilgan) hadisi hasan sahih hadisdir. Baʼzilari bu hadisni Xallod ibn as-Soyibdan, u Zayd ibn Xoliddan, u Nabiy ﷺdan deb rivoyat qilganlar, lekin bu sahih emas. Sahihi — Xallod ibn as-Soyibdan, u otasidan boʻlganidir. U Xallod ibn as-Soyib ibn Xallod ibn Suvayd al-Ansoriy boʻlib, otasidan (rivoyat qiladi).