وَعَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " مَا مِنْ مُسْلِمٍ يُلَبِّي إِلَّا لَبَّى مَنْ عَنْ يَمِينِهِ وَشِمَالِهِ: مِنْ حَجَرٍ أَوْ شَجَرٍ أَوْ مَدَرٍ حَتَّى تنقطِعَ الأرضُ منْ ههُنا وههُنا ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَابْن مَاجَه
Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Talbiya aytadigan har bir musulmonning oʻngi yoki chapidagi tosh, daraxt yoki kesakdan boʻlgan (narsalar) ham u bilan birga talbiya aytadi, hatto yer u tomondan-bu tomongacha (tugamaguncha)», dedilar. Bu bobda Ibn Umar va Jobirdan ham (hadislar bor). Abu Iso aytdi: Abu Bakrning hadisi gʻarib hadisdir, uni faqat Ibn Abu Fudayk Zahhok ibn Usmondan rivoyat qilgani yoʻli bilangina bilamiz. Muhammad ibn al-Munkadir Abdurrahmon ibn Yarbuʼdan (bevosita) eshitmagan, balki Muhammad ibn al-Munkadir bu hadisdan boshqa hadisni Said ibn Abdurrahmon ibn Yarbuʼdan, u otasidan rivoyat qilgan. Abu Iso aytdi: al-Ajj — talbiya bilan ovozni koʻtarishdir, as-sajj esa tuyalarni soʻyishdir.