وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَرْكَعُ بِذِي الْحُلَيْفَةِ رَكْعَتَيْنِ ثُمَّ إِذَا اسْتَوَتْ بِهِ النَّاقَةُ قَائِمَةً عِنْدَ مَسْجِدِ ذِي الْحُلَيْفَةِ أَهَلَّ بِهَؤُلَاءِ الْكَلِمَاتِ وَيَقُولُ: «لَبَّيْكَ اللَّهُمَّ لَبَّيْكَ لَبَّيْكَ وَسَعْدَيْكَ وَالْخَيْرُ فِي يَدَيْكَ لَبَّيْكَ وَالرَّغْبَاءُ إِلَيْكَ وَالْعَمَل» . مُتَّفق عَلَيْهِ وَلَفظه لمُسلم
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh ﷺ ni sochlarini (yelimga oʻxshash narsa bilan) bostirgan holda talbiya aytayotganlarini eshitdim. U zot: ‹Labbayk, Allohumma labbayk, labbayk, la sharika laka labbayk, innal-hamda van-niʼmata laka val-mulk, la sharika lak (Mana men huzuringdaman, ey Alloh, mana men huzuringdaman, mana men huzuringdaman, Sening sheriging yoʻq, mana men huzuringdaman; albatta, hamd ham, neʼmat ham Senikidir, mulk ham; Sening sheriging yoʻq)› — der edilar va shu kalimalarga (boshqa narsa) qoʻshmas edilar», — dedi. Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh ﷺ Zul-Hulayfada ikki rakaat namoz oʻqir, soʻng ulov u zotni koʻtarib, Hulayfa masjidi yonida tik turib rostlanganida mana shu kalimalar bilan ehrom bogʻlab talbiya aytar edilar», — der edi. Abdulloh ibn Umar yana: «Umar ibn al-Xattob Rasululloh ﷺ ning mana shu kalimalardan iborat talbiyalari bilan ehrom bogʻlab talbiya aytar va: ‹Labbayk, Allohumma labbayk, labbayk va saʼdayk, val-xayru fi yadayk, labbayk, var-ragʻbau ilayka val-amal (Mana men huzuringdaman, ey Alloh, mana men huzuringdaman, mana men huzuringdaman va Senga itoat etishga shayman, yaxshilik Sening qoʻlingdadir, mana men huzuringdaman, intilish Sengadir, amal ham)› — deb aytar edi», — der edi.