وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: أَقْبَلَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَدَخَلَ مَكَّةَ فَأَقْبَلَ إِلَى الْحَجَرِ فَاسْتَلَمَهُ ثُمَّ طَافَ بِالْبَيْتِ ثُمَّ أَتَى الصَّفَا فَعَلَاهُ حَتَّى يَنْظُرَ إِلَى الْبَيْتِ فَرَفَعَ يَدَيْهِ فَجَعَلَ يَذْكُرُ اللَّهَ مَا شَاءَ وَيَدْعُو. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytdi: Rasululloh ﷺ kelib Makkaga kirdilar. Soʻngra Rasululloh ﷺ Hajar (Hajarul-asvad) tomon yurib, uni istilom qildilar (qoʻl tegizdilar), keyin Baytni tavof qildilar. Soʻng Safoga kelib, Baytni koʻradigan joygacha unga chiqdilar va qoʻllarini koʻtarib, Allohni xohlaganlaricha zikr qila boshladilar hamda Unga duo qildilar. (Rovi) aytdi: Ansorlar esa u zotning quyilarida edilar. Hoshim aytdi: U zot duo qildilar, Allohga hamd aytdilar va xohlagan narsalarini soʻrab duo qildilar.