وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الطَّوَافُ حَوْلَ الْبَيْتِ مِثْلُ الصَّلَاةِ إِلَّا أَنَّكُمْ تَتَكَلَّمُونَ فِيهِ فَمَنْ تَكَلَّمَ فِيهِ فَلَا يَتَكَلَّمَنَّ إِلَّا بِخَيْرٍ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَالدَّارِمِيُّ وَذَكَرَ التِّرْمِذِيُّ جَمَاعَةً وَقَفُوهُ عَلَى ابْنِ عباسٍ
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Bayt atrofida tavof qilish namoz kabidir, faqat siz unda gapirasiz. Bas, kim unda gapirsa, faqat yaxshilik bilangina gapirsin», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis Ibn Tovusdan va boshqalardan, ular Tovusdan, u Ibn Abbosdan mavquf holda ham rivoyat qilingan. Biz uni faqat Atoʼ ibn as-Soibning hadisi orqaligina marfuʼ holda bilamiz. Koʻpchilik ilm ahlining amali shunga binoandir: ular kishi tavofda hojat uchun yo Alloh taoloni zikr qilish uchun yo ilmga oid narsadan boshqa gapirmasligini mustahab koʻradilar.