وَعَنْ أَبِي الزُّبَيْرِ قَالَ: سَمِعْتُ جَابِرَ بْنَ عبدِ اللَّه سُئِلَ عَنْ رُكُوبِ الْهَدْيِ فَقَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «ارْكَبْهَا بِالْمَعْرُوفِ إِذَا أُلْجِئْتَ إِلَيْهَا حَتَّى تَجِدَ ظَهْرًا» . رَوَاهُ مُسلم
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: undan hadiyga (qurbonlik hayvoniga) minish haqida soʻralganda u: «Men Nabiy ﷺ ning shunday deganlarini eshitdim: ‹Unga zarurating tushganda, boshqa ulov topguningga qadar yaxshilik (meʼyor) bilan unga min›», dedi.