وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قَالَ: بَعَثَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ سِتَّةٌ عَشَرَ بَدَنَةً مَعَ رَجُلٍ وَأَمَّرَهُ فِيهَا. فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ كَيْفَ أَصْنَعُ بِمَا أُبْدِعَ عَلَيَّ مِنْهَا؟ قَالَ: «انْحَرْهَا ثُمَّ اصْبُغْ نَعْلَيْهَا فِي دَمِهَا ثُمَّ اجْعَلْهَا عَلَى صَفْحَتِهَا وَلَا تَأْكُلْ مِنْهَا أَنْتَ وَلَا أَحَدٌ مِنْ أهل رفقتك» . رَوَاهُ مُسلم
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ bir kishi bilan oʻn olti badana (qurbonlik tuyasi) yuborib, uni ularga (mutasaddi qilib) tayinladilar. U (kishi) yoʻlga chiqdi, soʻng qaytib kelib: ‹Yo Rasululloh! Ulardan holdan toyganlarini nima qilay?› dedi. U zot: ‹Uni soʻy, soʻng oyoq kiyimini (qiladasini) uning qoniga bota, soʻng uni (badananing) yon-bagʻriga bos. Undan na oʻzing, na hamrohlaringdan birortasi yemasin›, dedilar».