Ziyod ibn Jubayr (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Ibn Umarning — badanasini soʻyish uchun (uni) choʻktirgan (oʻtqazgan) bir kishi yonidan oʻtayotganini koʻrdim. Ibn Umar: «Uni — Muhammad (ﷺ)ning sunnatidek — bir oyogʻini bogʻlab, tik turgan holda soʻy», — dedi.