وَعَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: أَمَرَنِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ أَقُومَ عَلَى بُدْنِهِ وَأَنْ أَتَصَدَّقَ بِلَحْمِهَا وَجُلُودِهَا وَأَجِلَّتِهَا وَأَنْ لَا أُعْطِيَ الْجَزَّارَ مِنْهَا قَالَ: «نَحْنُ نُعْطِيهِ مِنْ عِنْدِنَا»
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ menga oʻzlarining qurbonlik tuyalari ustida turishni, ularning goʻshti, terilari va egar-yopuqlarini sadaqa qilishni va ulardan qassobga hech narsa bermaslikni buyurdilar. U zot: «Biz unga oʻz tarafimizdan beramiz», — dedilar.