وَعَنْ نَاجِيَةَ الْخُزَاعِيِّ قَالَ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ كَيْفَ أَصْنَعُ بِمَا عَطِبَ مِنَ الْبُدْنِ؟ قَالَ: «انْحَرْهَا ثُمَّ اغْمِسْ نَعْلَهَا فِي دَمِهَا ثُمَّ خَلِّ بَيْنَ النَّاسِ وَبَيْنَهَا فَيَأْكُلُونَهَا» . رَوَاهُ مَالك وَالتِّرْمِذِيّ وَابْن مَاجَه وَرَوَاهُ أَبُو دَاوُد والدارمي عَن نَاجِية الْأَسْلَمِيّ
Rasululloh ﷺning qurbonlik tuyalarining egasi (parvarishchisi) boʻlgan Nojiya al-Xuzoiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Men: ‹Yo Rasululloh, qurbonlik tuyalaridan halok boʻlay deb qolganlarini nima qilay?› dedim. U zot: ‹Uni soʻy, soʻng uning choriqini oʻz qoniga botir, soʻng uni odamlar bilan oʻzi orasida qoʻyib qoʻyki, ular uni yeyishsin›, dedilar», dedi. Bu bobda Zuayb Abu Qabisa al-Xuzoiy (roziyallohu anhu)dan ham (hadis) bor. Abu Iso aytdi: Nojiyaning hadisi hasan sahih hadisdir. Ilm ahlining ameli shu boʻyicha boʻlib, ular nafl hadiy haqida: «Agar u halok boʻlsa, uni oʻzi ham, hamrohlaridan birortasi ham yemaydi, balki uni odamlar bilan oʻzi orasida qoʻyib qoʻyiladiki, odamlar uni yeydilar va bu (qurbonlik) undan oʻtgan (kifoya qilgan) boʻladi», dedilar. Bu Shofeʼiy, Ahmad va Ishoqning soʻzidir. Ular: «Agar undan biror narsa yesa, yegani miqdoricha toʻlaydi», dedilar. Baʼzi ilm ahli esa: «Nafl hadiydan biror narsa yesa, yeganini zomin boʻladi (toʻlaydi)», dedi.