وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ قُرْطٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ أَعْظَمَ الْأَيَّامِ عِنْدَ اللَّهِ يَوْمُ النَّحْرِ ثُمَّ يَوْمُ الْقَرِّ» . قَالَ ثَوْرٌ: وَهُوَ الْيَوْمُ الثَّانِي. قَالَ: وَقُرِّبَ لِرَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَدَنَاتٌ خَمْسٌ أَوْ سِتٌّ فطفِقْن يَزْدَلفْنَ إِليهِ بأيتهِنَّ يبدأُ قَالَ: فَلَمَّا وَجَبَتْ جُنُوبُهَا. قَالَ فَتَكَلَّمَ بِكَلِمَةٍ خَفِيَّةٍ لَمْ أَفْهَمْهَا فَقُلْتُ: مَا قَالَ؟ قَالَ: «مَنْ شَاءَ اقْتَطَعَ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ
Abdulloh ibn Qurt (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Albatta, Alloh tabaraka va taolo huzurida kunlarning eng ulugʻi Nahr (qurbonlik) kunidir, soʻng Qarr kunidir», dedilar. Iso aytadi: Savr aytdi: «U (Qarr kuni) ikkinchi kundir». (Roviy) aytadi: Rasululloh ﷺga beshta yoki oltita qurbonlik tuyasi yaqinlashtirildi. Ular u zot avval qaysisini (soʻyish) bilan boshlasalar ekan, deb u zotga yaqinlashishga intila boshladilar. Ular yon tomonlari bilan yiqilganlarida — (roviy) aytadi: U zot men tushunmagan pinhona bir soʻzni aytdilar. Men: «U zot nima dedilar?» deb soʻradim — u zot: «Kim xohlasa, (oʻziga) bir boʻlak kesib olsin», dedilar.