عَن عَليّ قَالَ: أَتَاهُ رَجُلٌ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي أَفَضْتُ قَبْلَ أَنْ أَحْلِقَ فَقَالَ: «احْلِقْ أَوْ قَصِّرْ وَلَا حَرَجَ» . وَجَاءَ آخَرُ فَقَالَ: ذَبَحْتُ قَبْلَ أَنْ أَرْمِيَ. قَالَ: «ارْمِ وَلَا حرج» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: Rasululloh ﷺ Arafada turdilar va: «Bu — Arafadir, mana shu — turish joyidir, Arafaning hammasi turish joyidir», dedilar. Soʻng quyosh botgach, (u yerdan) qaytib joʻnadilar va Usoma ibn Zaydni ortlariga mindirib oldilar. U zot oʻz odatlaricha qoʻllari bilan (sokinlikka) ishora qilib borardilar, odamlar esa (tuyalarini) oʻngu soʻlga urib (haydashar) edi. U zot ularga oʻgirilib: «Ey odamlar, sizlarga sokinlik (lozim)», derdilar. Soʻng Jamʼ (Muzdalifa)ga keldilar va ularga ikki namozni jamlab (birga) oʻqib berdilar. Tong otganda Quzahga kelib, uning ustida turdilar va: «Bu — Quzahdir, bu — turish joyidir, Jamʼning hammasi turish joyidir», dedilar. Soʻng (u yerdan) qaytib joʻnadilar va Muhassir vodiysiga yetganlarida tuyalarini niqtab haydadilar, u esa vodiydan oʻtib ketguncha tez yurib ketdi. Soʻng (u yerda) toʻxtadilar va Fazlni ortlariga mindirib oldilar. Soʻng jamraga kelib, unga (tosh) otdilar. Soʻng soʻyish joyiga kelib: «Bu — soʻyish joyidir, Minoning hammasi soʻyish joyidir», dedilar. Xasʼam (qabilasi)dan boʻlgan yosh bir juvon (u zotdan) fatvo soʻrab: «Mening otam keksaygan chol, unga Allohning hajdagi farzi yetib keldi, men u uchun haj qilsam, (haji) ado boʻladimi?» dedi. U zot: «Otang uchun haj qil», dedilar. (Roviy) aytdi: U zot Fazlning boʻynini (boshqa tomonga) burdilar. Shunda Abbos: «Ey Allohning Rasuli, nega amakingiz oʻgʻlining boʻynini burdingiz?» dedi. U zot: «Men bir yigit bilan bir juvonni koʻrdim va ularga shayton (yomon narsa qilishidan) ishonmadim», dedilar. Soʻng u zotning oldilariga bir kishi kelib: «Ey Allohning Rasuli, men soch oldirishimdan oldin tavof qildim», dedi. U zot: «Soch ol yoki qisqart, hech qanday gunoh yoʻq», dedilar. (Roviy) aytdi: Yana boshqa biri kelib: «Ey Allohning Rasuli, men tosh otishimdan oldin (qurbonlik) soʻydim», dedi. U zot: «Tosh ot, hech qanday gunoh yoʻq», dedilar. (Roviy) aytdi: Soʻng u zot Baytga kelib, uni tavof qildilar, soʻng Zamzamga kelib: «Ey Abdulmuttalib oʻgʻillari, agar odamlar sizlarni undan (suv tortishdan) yengib qoʻyishlaridan (qoʻrqmaganimda), albatta men (suv) tortib (bergan) boʻlar edim», dedilar. (Roviy) aytdi: Bu bobda Jobirdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Alining hadisi hasan sahih hadisdir. Biz uni Alining hadisi sifatida faqat shu yoʻldan — Abdurrahmon ibn al-Horis ibn Ayyoshning hadisidangina bilamiz. Buni Savriydan birdan ortiq (roviy) shu kabi rivoyat qilgan. Ilm ahli huzurida amal shunga binoandirki, ular Arafada peshin bilan asrni peshin vaqtida jamlash (lozim) deb koʻrishgan. Baʼzi ilm ahli: «Agar kishi oʻz manzilida namoz oʻqib, imom bilan (jamoat) namozda hozir boʻlmasa, xohlasa, oʻzi ham imom qilgani kabi ikki namozni jamlaydi», dedilar. (Roviy) aytdi: Zayd ibn Ali — u Ali ibn Abu Tolib alayhissalomning (nabirasi) Husayn ibn Alining oʻgʻlidir.