وَعَن رافعِ بنِ عمروٍ والمُزَني قَالَ: رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَخْطُبُ النَّاسَ بِمِنًى حِينَ ارْتَفَعَ الضُّحَى عَلَى بَغْلَةٍ شَهْبَاءَ وَعَلِيٌّ يُعَبِّرُ عَنْهُ وَالنَّاسُ بَين قَائِم وقاعد. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Rofiʼ ibn Amr al-Muzaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ ni Minoda kun yorishib koʻtarilgan paytda kulrang xachir ustida odamlarga xutba qilayotganlarini koʻrdim. Ali (roziyallohu anhu) esa u zotning (gaplarini odamlarga) yetkazib turardi. Odamlar ulardan baʼzisi oʻtirgan, baʼzisi turgan holatda edi.