عَنْ عَمْرِو بْنِ الْأَحْوَصِ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ فِي حَجَّةِ الْوَدَاعِ: «أَيُّ يَوْمٍ هَذَا؟» قَالُوا: يَوْمُ النَّحْر الْأَكْبَرِ. قَالَ: «فَإِنَّ دِمَاءَكُمْ وَأَمْوَالَكُمْ وَأَعْرَاضَكُمْ بَيْنَكُمْ حَرَامٌ كَحُرْمَةِ يَوْمِكُمْ هَذَا فِي بَلَدِكُمْ هَذَا أَلا لَا يجني جانٍ عَلَى نَفْسِهِ وَلَا يَجْنِي جَانٍ عَلَى وَلَدِهِ وَلَا مَوْلُودٌ عَلَى وَالِدِهِ أَلَا وَإِنَّ الشَّيْطَانَ قد أَيسَ أَنْ يُعْبَدَ فِي بَلَدِكُمْ هَذَا أَبَدًا وَلَكِنْ ستكونُ لهُ طاعةٌ فِيمَا تحتقرونَ مِنْ أَعْمَالِكُمْ فَسَيَرْضَى بِهِ» . رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ وَالتِّرْمِذِيّ وَصَححهُ
Amr ibn al-Ahvas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U Rasululloh ﷺning Vidolashuv hajjida odamlarga: «Bu qaysi kun?», deb aytayotganlarini eshitdi. Ular: «Hajji akbar kuni», dedilar. U zot: «Albatta qonlaringiz, mol-mulklaringiz va obroʻ-nomuslaringiz oʻzaro bir-biringizga shu shaharingizdagi shu kuningizning hurmati kabi haromdir. Ogoh boʻlinglar! Jinoyatchi faqat oʻz ziyoniga jinoyat qiladi. Ogoh boʻlinglar! Hech bir jinoyatchi farzandi uchun jazo tortmaydi, farzand ham otasi uchun jazo tortmaydi. Ogoh boʻlinglar! Albatta shayton bu yurtlaringizda boshqa hech qachon iboratga sazovor boʻlishdan umidini uzdi. Lekin sizlar nazar-pisand qilmaydigan amallaringizda unga itoat qilinadi va u shunga ham rozi boʻladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Abu Bakra, Ibn Abbos, Jobir va Huzaym ibn Amr as-Saʼdiydan ham (rivoyatlar) bor. Bu hadis hasan sahihdir.