وَعَنْ كَعْبِ بْنِ عُجْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَرَّ بِهِ وَهُوَ بِالْحُدَيْبِيَةَ قَبْلَ أَنْ يَدْخُلَ مَكَّةَ وَهُوَ مُحْرِمٌ وَهُوَ يُوقِدُ تَحْتَ قِدْرٍ وَالْقَمْلُ تهافت عَلَى وَجْهِهِ فَقَالَ: «أَتُؤْذِيكَ هَوَامُّكَ؟» . قَالَ: نَعَمْ. قَالَ: «فَاحْلِقْ رَأْسَكَ وَأَطْعِمْ فَرَقًا بَيْنَ سِتَّةِ مَسَاكِينَ» . وَالْفَرَقُ: ثَلَاثَةُ آصُعٍ: «أَوْ صُمْ ثَلَاثَةَ أَيَّام أوانسك نسيكة»
Kaʼb ibn Ujra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ Hudaybiyada, Makkaga kirishlaridan oldin uning yonidan oʻtdilar, u (Kaʼb) esa ihromda boʻlib, qozon ostida olov yoqayotgan, bitlar uning yuziga toʻkilayotgan edi. Shunda (u zot): «Mana shu hasharotlaring seni bezovta qilyaptimi?» dedilar. (Kaʼb): «Ha», dedi. (U zot): «Boshingni qirib tashla-da, olti miskinga bir faraq (don) taomlantir — faraq uch soʼdir — yoki uch kun roʻza tut, yoki bir jonliq qurbonlik qil», dedilar. Ibn Abu Najih: «Yoki bir qoʻy soʻy», dedi.