عَنِ ابْنِ عُمَرَ: أَنَّهُ سَمِعَ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَنْهَى النِّسَاءَ فِي إِحْرَامِهِنَّ عَنِ الْقُفَّازَيْنِ وَالنِّقَابِ وَمَا مَسَّ الْوَرْسُ وَالزَّعْفَرَانُ مِنَ الثِّيَابِ وَلْتَلْبَسْ بَعْدَ ذَلِكَ مَا أحبَّتْ من ألوانِ الثيابِ معصفر أوخز أَو حلي أَو سروايل أَو قميصٍ أَو خُفٍّ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytadilar: U Rasulullohni ﷺ ayollarni ehromda boʻlganlarida qoʻlqop kiyishdan, yuzga niqob tutishdan va vars hamda zaʼfaron tekkan kiyimlardan qaytarayotganlarini eshitgan. Bundan keyin esa ayol istagan rangli kiyimlaridan — sariq boʻyalgan, ipak, taqinchoq, ishton, koʻylak yoki mahsi — kiysa boʻladi. Abu Dovud aytadi: Ushbu hadisni Ibn Ishoqdan, u Nofeʼdan deb Abda ibn Sulaymon va Muhammad ibn Salama: «Vars va zaʼfaron tekkan kiyimlar» soʻzigacha rivoyat qilganlar va undan keyingisini zikr qilmaganlar.