وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ الرُّكْبَانُ يَمُرُّونَ بِنَا وَنَحْنُ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مُحْرِمَاتٌ فَإِذَا جَاوَزُوا بِنَا سَدَلَتْ إِحْدَانَا جِلْبَابَهَا مِنْ رَأْسِهَا عَلَى وجهِها فإِذا جاوزونا كشفناهُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَلابْن مَاجَه مَعْنَاهُ
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh ﷺ bilan birga ehrom holatida boʻlganimizda, yonimizdan otliqlar oʻtib turardi. Ular bizning roʻparamizga kelganlarida, har birimiz boshidan yuziga jilboblarini tushirib olardik. Ular bizdan oʻtib ketganlaridan keyin esa (yuzimizni) ochib olardik», dedi.