وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِمَكَّةَ: «مَا أَطْيَبَكِ مِنْ بَلَدٍ وَأَحَبَّكِ إِلَيَّ وَلَوْلَا أَنَّ قَوْمِي أَخْرَجُونِي مِنْكِ مَا سَكَنْتُ غَيْرَكِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ غَرِيب إِسْنَادًا
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ Makka haqida: «Sen qanchalar yaxshi shahar va menga qanchalar sevimlisan! Agar qavmim meni sendan chiqarmaganlarida edi, sendan oʻzgada yashamas edim», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis bu yoʻldan hasan sahih gʻaribdir.