وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَدِيِّ بْنِ حَمْرَاءَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَاقِفًا عَلَى الْحَزْوَرَةِ فَقَالَ: «وَاللَّهِ إِنَّكِ لَخَيْرُ أَرْضِ اللَّهِ وَأَحَبُّ اللَّهِ إِلَى اللَّهِ وَلَوْلَا أَنِّي أُخْرِجْتُ مِنْكِ مَا خرجْتُ» . رَوَاهُ الترمذيُّ وَابْن مَاجَه
Abdulloh ibn Adiy ibn Hamro az-Zuhriy (roziyallohu anhu) aytdi: Men Rasulullohni ﷺ Hazvara (degan joy)da turgan holatda koʻrdim. U zot: «Allohga qasamki, sen Allohning yerlarining eng yaxshisi va Allohga Allohning yerlarining eng sevimlisisan. Agar men sendan chiqarilmaganimda edi, (hech) chiqmas edim», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahih gʻaribdir. Buni Yunus ham az-Zuhriydan shunga oʻxshash rivoyat qilgan. Muhammad ibn Amr esa uni Abu Salamadan, u Abu Hurayradan, u Paygʻambar ﷺdan rivoyat qilgan. Az-Zuhriyning Abu Salamadan, uning Abdulloh ibn Adiy ibn Hamrodan (qilgan) hadisi mening nazarimda sahihroqdir.