وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: لَمَّا قَدِمَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْمَدِينَةَ وُعِكَ أَبُو بَكْرٍ وَبِلَالٌ فَجِئْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَخْبَرْتُهُ فَقَالَ: «اللَّهُمَّ حَبِّبْ إِلَيْنَا الْمَدِينَةَ كَحُبِّنَا مَكَّةَ أَوْ أَشَدَّ وَصَحِّحْهَا وَبَارِكْ لَنَا فِي صاعها ومدها وانقل حماها فاجعلها بِالْجُحْفَةِ»
Rasululloh ﷺ Madinaga kelganlarida, Abu Bakr va Bilol isitmaga chalindi. (Oisha) aytdi: Men ularning oldiga kirib: «Ey otajon, oʻzingni qanday his qilyapsan? Ey Bilol, oʻzingni qanday his qilyapsan?» dedim. (Oisha) aytdi: Abu Bakrni isitma tutganda: «Har bir kishi oʻz ahli ichida (sogʻ-omon) tongni qarshilaydi, holbuki oʻlim uning kavushi tasmasidan ham yaqinroqdir», derdi. Bilol esa, isitma undan koʻtarilganda, ovozini koʻtarib: «Eh, koshki bilsam, bir kecha boʻlsa-da, atrofimda izxir va jalil (oʻtlari) boʻlgan bir vodiyda tunay olarmikinman? Bir kun (boʻlsa-da) Majanna suvlariga yeta olarmikinman? Menga Shoma va Tafil (togʻlari) koʻrinarmikin?» derdi. Oisha aytdi: Men Rasululloh ﷺning oldilariga kelib, (buni) xabar berdim. U zot: «Allohim, Madinani bizga Makkani sevganimizdek yoki undan ham qattiqroq sevdir, uni (havosini) sogʻlom qil, bizga uning soʼi va muddida baraka ber va uning isitmasini koʻchirib, uni Juhfaga qoʻy», dedilar.