وَعَنْ سُفْيَانَ بْنِ أَبِي زُهَيْرٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «يُفْتَحُ الْيَمَنُ فَيَأْتِي قومٌ يبُسُّونَ فيَتَحمَّلونَ بأهليهم وَمن أطاعهم وَالْمَدِينَةُ خَيْرٌ لَهُمْ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ وَيُفْتَحُ الشَّامُ فَيَأْتِي قَوْمٌ يَبُسُّونَ فَيَتَحَمَّلُونَ بِأَهْلِيهِمْ وَمَنْ أَطَاعَهُمْ وَالْمَدِينَةُ خَيْرٌ لَهُمْ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ وَيُفْتَحُ الْعِرَاقُ فَيَأْتِي قَوْمٌ يَبُسُّونَ فَيَتَحَمَّلُونَ بِأَهْلِيهِمْ وَمَنْ أَطَاعَهُمْ وَالْمَدِينَةُ خَيْرٌ لَهُمْ لَوْ كَانُوا يعلمُونَ»
Sufyon ibn Abu Zuhayr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ ning shunday deganlarini eshitdim: «Yaman fath qilinadi, soʻng bir qavm (ulovlarini) haydab kelib, oilalarini va oʻzlariga itoat etganlarni koʻtarib (koʻchib) ketadilar, holbuki bilsalar, Madina ular uchun yaxshiroqdir. Soʻng Shom fath qilinadi, bir qavm (ulovlarini) haydab kelib, oilalarini va oʻzlariga itoat etganlarni koʻtarib (koʻchib) ketadilar, holbuki bilsalar, Madina ular uchun yaxshiroqdir. Soʻng Iroq fath qilinadi, bir qavm (ulovlarini) haydab kelib, oilalarini va oʻzlariga itoat etganlarni koʻtarib (koʻchib) ketadilar, holbuki bilsalar, Madina ular uchun yaxshiroqdir», — derdilar.