وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " أُمِرْتُ بِقَرْيَةٍ تَأْكُلُ الْقُرَى. يَقُولُونَ: يَثْرِبَ وَهِيَ الْمَدِينَةُ تَنْفِي النَّاسَ كَمَا يَنْفِي الْكِيرُ خَبَثَ الْحَدِيدِ "
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Men — boshqa shaharlarni (oʻziga boʻysundirib) yutadigan bir shaharga hijrat qilishga buyurildim; u — Yasrib deb ataladi va u — Madinadir. U — temirchining bosqoni temirning zangini (kirini) chiqarib tashlaganidek — (yomon) kishilarni (oʻzidan) chiqarib yuboradi», — dedilar.