لإرساله وَعَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ جَالِسًا وَقَبْرٌ يُحْفَرُ بِالْمَدِينَةِ فَاطَّلَعَ رَجُلٌ فِي الْقَبْرِ فَقَالَ: بِئْسَ مَضْجَعِ الْمُؤْمِنِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «بئس مَا قُلْتَ» قَالَ الرَّجُلُ إِنِّي لَمْ أُرِدْ هَذَا إِنَّمَا أَرَدْتُ الْقَتْلَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا مِثْلَ الْقَتْلِ فِي سَبِيلِ اللَّهِ مَا عَلَى الْأَرْضِ بُقْعَةٌ أَحَبُّ إِلَيَّ أَنْ يَكُونَ قَبْرِي بِهَا مِنْهَا» ثَلَاثَ مَرَّاتٍ. رَوَاهُ مَالِكٌ مُرْسَلًا
Yahya ibn Saʼid (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ oʻtirgan edilar, Madinada bir qabr qazilayotgan edi. Bir kishi qabr ichiga qarab: «Muʼmin uchun qanday yomon yotar joy!» dedi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Sen qanday yomon (soʻz) aytding!» dedilar. U kishi: «Men buni koʻzda tutmadim, faqat Alloh yoʻlida shahid boʻlishni nazarda tutdim», dedi. Rasululloh ﷺ: «Alloh yoʻlida shahid boʻlishga teng keladigani yoʻq. Yer yuzida qabrim boʻlishini undan koʻra koʻproq yoqtiradigan biror joy yoʻq», deb uch marta (takrorladilar). Molik mursal tarzda rivoyat qilgan.