وَعَنْ أَنَسٍ قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْخَمْرِ عَشَرَةً: عَاصِرَهَا وَمُعْتَصِرَهَا وَشَارِبَهَا وَحَامِلَهَا وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ وَسَاقِيَهَا وَبَائِعَهَا وَآكِلَ ثَمَنِهَا وَالْمُشْتَرِي لَهَا وَالْمُشْتَرَى لَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَابْن مَاجَه
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ xamr (musallas) borasida oʻn (toifa)ni laʼnatladilar: uni siquvchini, siqtiruvchini, ichuvchini, tashuvchini, oʻziga tashib keltiruvchini, quyib beruvchini, sotuvchini, uning pulini yeguvchini, uni sotib oluvchini va kim uchun sotib olinsa, oʻshani. Abu Iso aytdi: Bu hadis Anas hadisi sifatida gʻaribdir. Shunga oʻxshash (rivoyat) Ibn Abbos, Ibn Masʼud va Ibn Umardan, Nabiy ﷺdan ham rivoyat qilingan.