وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَعَنَ اللَّهُ الْخَمْرَ وَشَارِبَهَا وَسَاقَيَهَا وَبَائِعَهَا وَمُبْتَاعَهَا وَعَاصِرَهَا وَمُعْتَصِرَهَا وَحَامِلَهَا وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Alloh xamrni, uni ichuvchini, uni quyib beruvchini, uni sotuvchini, uni sotib oluvchini, uni siquvchini, uni (oʻzgalar uchun) siqib beruvchini, uni tashib eltuvchini va u eltib berilgan kishini laʼnatladi».