وَعَن محيصة أَنَّهُ اسْتَأْذَنَ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي أُجْرَةِ الْحَجَّامِ فَنَهَاهُ فَلَمْ يَزَلْ يَسْتَأْذِنُهُ حَتَّى قَالَ: «اعْلِفْهُ نَاضِحَكَ وَأَطْعِمْهُ رَقِيقَكَ» . رَوَاهُ مَالِكٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ
Muhayyisa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U Rasululloh ﷺdan hajjom (qon oluvchi)ning haqi haqida ruxsat soʻradi. U zot uni qaytardilar. U bir necha bor ruxsat soʻrayvergach, oxiri u zot: «Uni suv tashiydigan tuyangga yem qil va qulingga yedir», dedilar. Molik, Termiziy, Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilgan.