وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ وَأَبِي هُرَيْرَةَ: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم اسْتَعْمَلَ رَجُلًا عَلَى خَيْبَرَ فَجَاءَهُ بِتَمْرٍ جَنِيبٍ فَقَالَ: «أَكُلُّ تَمْرِ خَيْبَرَ هَكَذَا؟» قَالَ: لَا وَاللَّهِ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّا لَنَأْخُذُ الصَّاعَ مِنْ هَذَا بِالصَّاعَيْنِ وَالصَّاعَيْنِ بِالثَّلَاثِ فَقَالَ: «لَا تَفْعَلْ بِعِ الْجَمْعَ بِالدَّرَاهِمِ ثُمَّ ابْتَعْ بِالدَّرَاهِمِ جَنِيبًا» . وَقَالَ: «فِي الْمِيزَانِ مِثْلَ ذَلِكَ»
Abu Said al-Xudriy va Abu Hurayra (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ bir kishini Xaybarga voliy (hokim) qilib tayinladi. Oʻsha voliy u zotga (Xaybardan) aʼlo navli xurmo keltirdi. Paygʻambar ﷺ: «Xaybarning barcha xurmosi shundaymi?» — deb soʻradilar. U: «Allohga qasamki, yoʻq, yo Rasululloh! Lekin biz bu (xil xurmo)ning bir soʼini — oʻz (xurmolarimiz)ning ikki soʼiga, ikki soʼini uch (soʼ)iga ayirboshlaymiz», — dedi. Allohning Rasuli ﷺ: «Bunday qilma (chunki bu — riboning bir turi); balki aralash (past navli) xurmoni pulga sot, soʻng oʻsha pulga yaxshi xurmo sotib ol», — dedilar.