وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ قَالَ: جَاءَ بِلَالٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِتَمْرٍ بَرْنِيٍّ فَقَالَ لَهُ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مِنْ أَيْنَ هَذَا؟» قَالَ: كَانَ عِنْدَنَا تَمْرٌ رَدِيءٌ فَبِعْتُ مِنْهُ صَاعَيْنِ بِصَاعٍ فَقَالَ: «أَوَّهْ عَيْنُ الرِّبَا عَيْنُ الرِّبَا لَا تَفْعَلْ وَلَكِنْ إِذَا أَرَدْتَ أَنْ تَشْتَرِيَ فَبِعِ التَّمرَ ببَيْعٍ آخر ثمَّ اشْتَرِ بِهِ»
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir marta Bilol Paygʻambar ﷺ ga Barniy (degan aʼlo navli) xurmo keltirdi va Paygʻambar ﷺ undan: «Bularni qaerdan keltirding?» — deb soʻradilar. Bilol: «Menda past navli xurmo bor edi va men — Paygʻambar ﷺ ga (taom uchun) berishni (xohlab) — uning ikki soʼini Barniy (xurmo)ning bir soʼiga ayirboshladim», — dedi. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Ehtiyot boʻl! Ehtiyot boʻl! Bu — albatta ribo(dir)! Bu — albatta ribo(dir)! Bunday qilma; balki (aʼlo navli xurmo) sotib olmoqchi boʻlsang, (past navli) xurmoni (avval) pulga sot, soʻng oʻsha pulga (aʼlo navli) xurmo sotib ol», — dedilar.