وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَوْ بِعْتَ مِنْ أَخِيكَ ثَمَرًا فَأَصَابَتْهُ جَائِحَةٌ فَلَا يَحِلُّ لَكَ أَنْ تَأْخُذَ مِنْهُ شَيْئًا بِمَ تَأْخُذُ مَالَ أَخِيكَ بِغَيْرِ حقٍ؟» . رَوَاهُ مُسلم
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Agar birodaringga meva sotsang-u, unga (mevaga) ofat yetsa, sen uchun undan biror narsa olishing halol boʻlmaydi. Birodaringning molini nohaq nimaning evaziga olasan?» dedilar.