وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: كَانُوا يَبْتَاعُونَ الطَّعَامَ فِي أَعلَى السُّوقِ فيبيعُونَه فِي مكانهِ فَنَهَاهُمْ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ بَيْعِهِ فِي مَكَانِهِ حَتَّى يَنْقِلُوهُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَلم أَجِدهُ فِي الصَّحِيحَيْنِ
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Odamlar bozorning yuqori qismida taom (don) sotib olib, oʻsha joyning oʻzida sotar edilar. Bas, Rasululloh ﷺ ularni taomni oʻz joyidan koʻchirib olmaguncha oʻsha yerda sotishdan qaytardilar. Abu Dovud rivoyat qilgan, men uni «Sahihayn»da topmadim.