وَعَنْ أَنَسٍ: أَنَّ رَجُلًا مِنْ كِلَابٍ سَأَلَ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ عَسْبِ الْفَحْلِ فَنَهَاهُ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّا نُطْرِقُ الْفَحْلَ فَنُكْرَمُ فَرَخَّصَ لَهُ فِي الْكَرَامَةِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Kilob (qabilasi)dan boʻlgan bir kishi Paygʻambar ﷺdan aygʻirni (urgʻochiga) qoʻshish (haqini olish) toʻgʻrisida soʻradi, u zot uni qaytardilar. Shunda u: «Yo Rasululloh, biz aygʻirni qoʻshib (xizmat qilamiz)-u, bizga hadya beriladi», dedi. Shunda u zot unga hadya (olish)ga ruxsat berdilar. Abu Iso aytdi: Bu hasan gʻarib hadisdir, biz uni faqat Ibrohim ibn Humayd orqali, u Hishom ibn Urvadan (rivoyat qilgan) tarzdagina bilamiz.