وَعَنْ حَكِيمِ بْنِ حِزَامٍ قَالَ: نَهَانِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ أَبِيعَ مَا ليسَ عندِي. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ فِي رِوَايَةٍ لَهُ وَلِأَبِي دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ: قَالَ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ يَأْتِينِي الرَّجُلُ فَيُرِيدُ مِنِّي الْبَيْعَ وَلَيْسَ عِنْدِي فَأَبْتَاعُ لَهُ مِنَ السُّوقِ قَالَ: «لَا تبِعْ مَا ليسَ عندَكَ»
Hakim ibn Hizom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ meni yonimda yoʻq narsani sotishdan qaytardilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir. Ishoq ibn Mansur aytdi: Ahmadga: «Qarz va savdodan qaytarishning maʼnosi nima?» dedim. U: «Bir kishiga qarz berib, soʻng undan ziyoda olib savdo qilishi; yoki unga biror narsa evaziga qarz berib: ‹Agar sendan muyassar boʻlmasa, u senga savdo (boʻlib qoladi)›, deyishi ehtimoli ham bor», dedi. Ishoq ibn Rohavayh ham xuddi shunday dedi. (Ishoq aytdi:) Ahmadga: «Zomin boʻlmagan (qoʻlga olinmagan) narsani sotish-chi?» dedim. U: «Mening nazdimda bu faqat qoʻlga olinmagan taomdadir», dedi. Ishoq: «Oʻlchanadigan yoki tortiladigan har bir narsada (shunday)», dedi. Ahmad aytdi: «Agar kishi: ‹Senga ushbu kiyimni tikib va oqartib berishim sharti bilan sotaman›, desa, bu savdoda ikki shartga oʻxshaydi. Agar: ‹Senga uni tikib berishim sharti bilan sotaman› yoki ‹oqartib berishim sharti bilan sotaman›, desa, zarari yoʻq — bu bitta shartdir». Ishoq ham xuddi shunday dedi.