وَعَن أبي رَافع قَالَ: اسْتَسْلَفَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَكْرًا فَجَاءَتْهُ إِبِلٌ مِنَ الصَّدَقَةِ قَالَ: أَبُو رَافِعٍ فَأَمَرَنِي أَنْ أَقْضِيَ الرَّجُلَ بَكْرَهُ فَقُلْتُ: لَا أَجِدُ إِلَّا جَمَلًا خِيَارًا رَبَاعِيًا فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَعْطِهِ إِيَّاهُ فَإِنَّ خَيْرَ النَّاسِ أَحْسَنُهُمْ قَضَاءً» . رَوَاهُ مُسلم
Rasululloh ﷺning ozod qilgan quli Abu Rofiʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ yosh tuyani qarzga oldilar. Soʻng u zotga sadaqa (tuyalari)dan tuyalar keldi. Abu Rofiʼ aytdi: Rasululloh ﷺ menga oʻsha kishining yosh tuyasini qaytarib berishni buyurdilar. Men: «Tuyalar orasida yaxshi, toʻrt yoshli (yirik) tuyadan boshqasini topmadim», dedim. Rasululloh ﷺ: «Uni unga ber, chunki odamlarning eng yaxshisi — qarzni eng chiroyli ado etganidir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.