وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَجُلًا تَقَاضَى رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَغْلَظَ لَهُ فَهَمَّ أَصْحَابُهُ فَقَالَ: «دَعُوهُ فَإِنَّ لِصَاحِبِ الْحَقِّ مَقَالًا وَاشْتَرُوا لَهُ بَعِيرًا فَأَعْطُوهُ إِيَّاهُ» قَالُوا: لَا نَجِدُ إِلَّا أَفْضَلَ مِنْ سِنِّهِ قَالَ: «اشْتَرُوهُ فَأَعْطُوهُ إِيَّاهُ فَإِنَّ خَيْرَكُمْ أحسنكم قَضَاء»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Allohning Rasuli ﷺ dan oʻz qarzini shu qadar qoʻpol tarzda talab qildiki, Paygʻambar ﷺ ning sahobalari unga zarar yetkazmoqchi boʻldi, lekin Paygʻambar ﷺ: «Uni qoʻyinglar — shubhasiz, u (qarz beruvchi) — (qattiq) talab qilishga haqli; bir tuya sotib olib, unga beringlar», — dedilar. Ular: «Mavjud tuya — u talab qilayotgan tuyadan kattaroq», — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Uni sotib olib, unga beringlar — chunki sizlarning eng yaxshingiz — qarzini chiroyli (saxiy) tarzda toʻlaydigan kishi(dir)», — dedilar.