وَعَن الْحسن عَن سَمُرَة أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِذَا أَتَى أَحَدُكُمْ عَلَى مَاشِيَةٍ فَإِنْ كَانَ فِيهَا صَاحِبُهَا فَلْيَسْتَأْذِنْهُ وَإِنْ لَمْ يَكُنْ فِيهَا فَلْيُصَوِّتْ ثَلَاثًا فَإِنْ أَجَابَهُ أَحَدٌ فَلْيَسْتَأْذِنْهُ وَإِنْ لَمْ يُجِبْهُ أَحَدٌ فَلْيَحْتَلِبْ وَلْيَشْرَبْ وَلَا يَحْمِلْ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Samura ibn Jundab (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ: «Biringiz chorva (poda) oldiga kelsa, agar uning egasi (oldida) boʻlsa, undan ruxsat soʻrasin. Agar u ruxsat bersa, sogʻib ichsin, (lekin) olib ketmasin. Agar u yerda hech kim boʻlmasa, uch marta tovush bersin (chaqirsin). Agar kimdir javob bersa, undan ruxsat soʻrasin. Agar hech kim javob bermasa, sogʻib ichsin, (lekin) olib ketmasin», dedilar. (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Umar va Abu Saiddan ham (rivoyatlar) bor. Abu Iso aytdi: Samura hadisi hasan gʻaribdir. Baʼzi ilm ahli nazdida amal shu (hadis) boʻyichadir, Ahmad va Ishoq ham shuni aytadilar. Abu Iso aytdi: Ali ibn al-Madiniy: «Hasanning Samuradan eshitgani sahihdir», degan. Baʼzi hadis ahli esa Hasanning Samuradan qilgan rivoyati haqida gapirib: «U faqat Samuraning sahifasidan rivoyat qiladi (xolos)», deganlar.