وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ دَخَلَ حَائِطًا فَلْيَأْكُلْ وَلَا يَتَّخِذْ خُبْنَةً» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَقَالَ التِّرْمِذِيُّ هَذَا حَدِيث غَرِيب
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan, u Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Kim bogʻga kirsa, (mevadan) yesin, lekin (etagiga) tugib olib ketmasin», dedilar. (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Abdulloh ibn Amr, Abbod ibn Shurahbil, Rofeʼ ibn Amr, Abu-l-Lahmning ozod qilgan quli Umayr va Abu Hurayradan ham (rivoyatlar) bor. Abu Iso aytdi: Ibn Umar hadisi gʻarib hadisdir, biz uni bu yoʻldan faqat Yahyo ibn Sulaym hadisi orqaligina bilamiz. Baʼzi ilm ahli yoʻlovchiga mevalardan yeyishga ruxsat berganlar, baʼzilari esa uni haq (toʻlov) bilangina (mumkin deb) makruh sanaganlar.