وَعَن أُميَّة بن صَفْوَان عَنْ أَبِيهِ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ اسْتَعَارَ مِنْهُ أَدْرَاعَهُ يَوْمَ حُنَيْنٍ فَقَالَ: أَغَصْبًا يَا مُحَمَّدَ؟ قَالَ: «بَلْ عَارِيَةً مَضْمُونَةً» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Safvon ibn Umayya (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ Hunayn kuni undan sovutlarini oriyatga (vaqtincha foydalanishga) oldilar. U: «Ey Muhammad, zoʻrlik bilanmi (gʻasbanmi)?» dedi. U zot ﷺ: «Yoʻq, (qaytarilishi) kafolatlangan oriyatdir», dedilar. Abu Dovud rivoyat qilgan.