وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الشَّرِيكُ شَفِيعٌ وَالشُّفْعَةُ فِي كل شَيْء» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ قَالَ: وَقَدْ رُوِيَ عَنِ ابْنِ أَبِي مُلَيْكَةَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مُرْسَلًا وَهُوَ أصح
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Sherik — shufʼador, shufʼa esa har bir narsada boʻladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Biz bu hadisni shu shaklda faqat Abu Hamza as-Sukkariyning hadisidan bilamiz. Bir necha kishi bu hadisni Abdulaziz ibn Rufaydan, u Ibn Abu Mulaykadan, u Nabiy ﷺdan mursal holda rivoyat qilgan, bu (rivoyat) sahihroqdir. Bir necha kishi Abdulaziz ibn Rufaydan shunga oʻxshashini, unda Ibn Abbosdan (deyilmagan holda) rivoyat qilgan, bu Abu Hamzaning hadisidan sahihroqdir. Abu Hamza ishonchli (rovi), xato Abu Hamzadan boshqasidan boʻlishi mumkin. Koʻpchilik ilm ahli: «Shufʼa faqat uy-joy va yerlarda boʻladi», dedilar va har bir narsada shufʼani koʻrmadilar. Baʼzi ilm ahli esa: «Shufʼa har bir narsada boʻladi», dedilar. Birinchi soʻz sahihroqdir.