وَعَنْ حَنْظَلَةَ بْنِ قَيْسٍ عَنْ رَافِعِ بْنِ خديج قَالَ: أَخْبَرَنِي عَمَّايَ أَنَّهُمْ كَانُوا يُكْرُونَ الْأَرْضَ عَلَى عَهْدِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِمَا يَنْبُتُ عَلَى الْأَرْبَعَاءِ أَوْ شَيْءٍ يَسْتَثْنِيهِ صَاحِبُ الْأَرْضِ فَنَهَانَا النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ ذَلِكَ فَقُلْتُ لِرَافِعٍ: فَكَيْفَ هِيَ بِالدَّرَاهِمِ وَالدَّنَانِيرِ؟ فَقَالَ: لَيْسَ بِهَا بَأْسٌ وَكَأَنَّ الَّذِي نُهِيَ عَنْ ذَلِكَ مَا لَوْ نَظَرَ فِيهِ ذَوُو الْفَهْمِ بِالْحَلَالِ وَالْحَرَامِ لَمْ يُجِيزُوهُ لِمَا فِيهِ مِنَ الْمُخَاطَرَةِ
Hanzala ibn Qays (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rofeʼ ibn Xadij: «Mening ikki amakim menga aytdiki, ular (Paygʻambar ﷺ ning sahobalari) Paygʻambar ﷺ davrida yerni — suv (ariq, daryo) boʻylaridagi hosilga yoki yer egasi belgilagan (hosil)ning bir qismiga — ijaraga berar edi. Paygʻambar ﷺ undan qaytardi», — dedi. Men Rofeʼdan: «Yerni dinor va dirhamga (pulga) ijaraga berish-chi?» — deb soʻradim. U: «Dinor-dirhamga ijaraga berishda hech zarar yoʻq», — deb javob berdi. Lays: «Agar halol bilan haromni ajratishda farosatli (kishilar) bu masalada taqiqlangan (narsa)ga nazar solsa, ular unga ruxsat bermas edi — chunki u xavf-xatarlar bilan oʻralgan», — dedi.