وَعَن رَافِعِ بْنِ خَدِيجٍ قَالَ: كُنَّا أَكْثَرَ أَهْلِ الْمَدِينَةِ حَقْلًا وَكَانَ أَحَدُنَا يُكْرِي أَرْضَهُ فَيَقُولُ: هَذِهِ الْقِطْعَةُ لِي وَهَذِهِ لَكَ فَرُبَّمَا أَخْرَجَتْ ذِهِ وَلَمْ تُخْرِجْ ذِهِ فَنَهَاهُمُ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ
Rofeʼ (ibn Xadij) (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Madinada (boshqa) hammadan koʻproq dalalarda ishlar edik. Biz yerni ijaraga olar va (yer) egasiga: ‹Mana bu qismning hosili — biz uchun, anavi qismning hosili — sen uchun (ijara haqi sifatida)›, — der edik. Baʼzan bir qism (hosil) berar, boshqasi bermas edi. Shuning uchun Paygʻambar ﷺ bizni bunday qilishdan qaytardi.