عَنْ رَافِعِ بْنِ خَدِيجٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ زَرَعَ فِي أَرْضِ قَوْمٍ بِغَيْرِ إِذْنِهِمْ فَلَيْسَ لَهُ مِنَ الزَّرْعِ شَيْءٌ وَلَهُ نَفَقَتُهُ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَقَالَ التِّرْمِذِيُّ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ
Rofiʼ ibn Xadij (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Kim bir qavmning yeriga ularning ruxsatisiz ekin eksa, uning uchun ekindan hech narsa yoʻq, balki (faqat sarflagan) xarajati boʻladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir; biz uni Abu Ishoqning hadisidan faqat shu yoʻl bilan, Sharik ibn Abdullohning hadisidan bilamiz. Baʼzi ilm ahli shu hadisga amal qiladi, bu Ahmad va Ishoqning soʻzidir. Men bu hadis haqida Muhammad ibn Ismoildan soʻradim, u: «Bu hasan hadisdir», dedi va: «Men uni Abu Ishoqning hadisidan faqat Sharikning rivoyatidan bilaman», dedi.