عَنْ قَيْسِ بْنِ مُسْلِمٍ عَنْ أَبِي جَعْفَرٍ قَالَ: مَا بِالْمَدِينَةِ أَهْلُ بَيْتِ هِجْرَةٍ إِلَّا يَزْرَعُونَ عَلَى الثُّلُثِ وَالرُّبُعِ وَزَارَعَ عَلِيٌّ وَسَعْدُ بْنُ مَالِكٍ وَعَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْعُودٍ وَعُمَرُ ابْن عبد الْعَزِيز وَالقَاسِم وَعُرْوَة وَآل أبي بَكْرٍ وَآلُ عُمَرَ وَآلُ عَلِيٍّ وَابْنُ سِيرِينَ وَقَالَ عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ الْأَسْوَدِ: كُنْتُ أُشَارِكُ عَبْدَ الرَّحْمَنِ بْنَ يَزِيدَ فِي الزَّرْعِ وَعَامَلَ عُمَرُ النَّاسَ عَلَى: إِنْ جَاءَ عُمَرُ بِالْبَذْرِ من عِنْده فَلهُ الشّطْر. وَإِن جاؤوا بالبذر فَلهم كَذَا. رَوَاهُ البُخَارِيّ
Abu Jaʼfar (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: U: «Madinada muhojirlardan boʻlgan biror xonadon yoʻq ediki, ular (yer hosilining) uchdan bir va toʻrtdan biriga (ulush evaziga) ekin ekmagan boʻlsa», dedi. Ali, Saʼd ibn Molik, Abdulloh ibn Masʼud, Umar ibn Abdulaziz, Qosim, Urva, Abu Bakr oilasi, Umar oilasi, Ali oilasi va Ibn Sirin (yer hosilidan) ulush evaziga (yerda ishlash boʻyicha) shartnomalar tuzganlar. Abdurahmon ibn Asvad: «Men ekinchilikda Abdurahmon ibn Yazid bilan sherik boʻlardim», dedi. Umar odamlar bilan shu shart asosida muomala qilardi: agar Umar urugʻni oʻzidan bersa, unga (hosilning) yarmi tegardi; agar ular urugʻ keltirsalar, ularga shuncha (kelishilgan ulush) tegardi. Buxoriy rivoyat qilgan.