وَعَنْ طَاوُسٍ مُرْسَلًا: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «من أحيى مَوَاتًا مِنَ الْأَرْضِ فَهُوَ لَهُ وَعَادِيُّ الْأَرْضِ لِلَّهِ وَرَسُولِهِ ثُمَّ هِيَ لَكُمْ مِنِّي» . رَوَاهُ الشَّافِعِي
Tovus (rahimahulloh)dan mursal tarzda rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim oʻlik (obod qilinmagan, egasiz) yerni obod qilsa, u oʻsha kishiniki boʻladi. Qadimgi (egasi noaniq) yer esa Alloh va Uning Rasuliniiki, soʻngra u mendan sizlarga (beriladi)», dedilar. Shofeiy rivoyat qilgan.