وَرُوِيَ فِي «شَرْحِ السُّنَّةِ» : أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَقْطَعَ لِعَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ الدُّورَ بِالْمَدِينَةِ وَهِيَ بَيْنَ ظَهْرَانَيْ عِمَارَةِ الْأَنْصَارِ مِنَ الْمَنَازِلِ وَالنَّخْلِ فَقَالَ بَنُو عَبْدِ بن زهرَة: نكتب عَنَّا ابْنَ أُمِّ عَبْدٍ فَقَالَ لَهُمْ رَسُولُ الله: «فَلِمَ ابْتَعَثَنِي اللَّهُ إِذًا؟ إِنَّ اللَّهَ لَا يُقَدِّسُ أُمَّةً لَا يُؤْخَذُ لِلضَّعِيفِ فِيهِمْ حَقُّهُ»
«Sharhus-sunna»da rivoyat qilinishicha: Nabiy ﷺ Abdulloh ibn Masʼudga Madinada ansorlarning uy-joylari va xurmozorlari orasidagi hovlilarni (yer qilib) ajratib berdilar. Shunda Abd ibn Zuhra oʻgʻillari: «Ibn Ummu Abdni (Abdulloh ibn Masʼudni) bizning oramizdan uzoqlashtir», dedilar. Rasululloh ﷺ ularga: «Unda Alloh meni nima uchun yubordi? Albatta, Alloh oʻz ichida zaifning haqqi olib berilmaydigan bir ummatni pok (barokatli) qilmaydi», dedilar. «Sharhus-sunna»da rivoyat qilingan.