وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ وَابْنِ عَبَّاسٍ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَا يَحِلُّ لِلرَّجُلِ أَنْ يُعْطِيَ عَطِيَّةً ثُمَّ يَرْجِعَ فِيهَا إِلَّا الْوَالِدَ فِيمَا يُعْطِي وَلَدَهُ وَمَثَلُ الَّذِي يُعْطِي الْعَطِيَّةَ ثُمَّ يَرْجِعُ فِيهَا كَمَثَلِ الْكَلْبِ أَكَلَ حَتَّى إِذَا شَبِعَ قَاءَ ثُمَّ عَادَ فِي قَيْئِهِ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَصَححهُ التِّرْمِذِيّ
Tovus Ibn Umar va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan, ular ikkovi hadisni Nabiy ﷺga koʻtarib (marfuʼ qilib) rivoyat qiladilar: U zot: «Kishiga biror narsani hadya qilib, soʻng uni qaytarib olishi halol emas, faqat ota oʻz farzandiga bergan narsasi bundan mustasno. Biror narsani hadya qilib, soʻng uni qaytarib oladigan kishining misoli — toʻyguncha yeb, soʻng qusgan, soʻngra oʻz qusugʻiga qaytadigan itning misoliga oʻxshaydi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Shofiʼiy aytdi: «Biror narsani hadya qilgan kishiga uni qaytarib olishi halol emas, faqat ota mustasno: u oʻz farzandiga bergan narsasini qaytarib olishi mumkin», va u shu hadisni dalil qilib keltirgan.