وَعَنْ جَابِرٌ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ أُعْطِيَ عَطَاءً فَوَجَدَ فَلْيُجْزِ بِهِ وَمَنْ لَمْ يَجِدْ فَلْيُثْنِ فَإِنَّ مَنْ أَثْنَى فَقَدْ شَكَرَ وَمَنْ كَتَمَ فَقَدْ كَفَرَ وَمَنْ تَحَلَّى بِمَا لَمْ يُعْطَ كَانَ كَلَابِسِ ثوبي زور» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَأَبُو دَاوُد
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Kimga biror inʼom berilsa-yu, (qaytaradigan narsa) topsa, uni uchun mukofot bersin; topmasa, uni maqtasin (yaxshi soʻz aytsin), zero kim maqtasa, shukr qilibdi; kim (yaxshilikni) yashirsa, kufron qilibdi. Kim oʻziga berilmagan narsa bilan ziynatlansa (oʻzini koʻrsatsa), u yolgʻonning ikki kiyimini kiygan kishi kabidir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Bu bobda Asmoʼ binti Abu Bakr va Oishadan ham (rivoyat) bor. Uning «kim yashirsa, kufron qilibdi» degan soʻzining maʼnosi — u oʻsha neʼmatga noshukrlik qilibdi, demakdir.